IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BOʻLIB OʻTDI

#imtihon_2024
#Ijod_maktablari

Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari barcha hududlarda boʻlib oʻtdi.

Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

➖ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.

📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

➖ ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi.

⌛️ Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt berildi.

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 512 tasi  ijod maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.