"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

 "Ijod yoshlari" tanlovining tuman (shahar) bosqichi  joriy yilning 17-aprel kuni 6-sinflar uchun, 18-aprel kuni 5-sinflar uchun va 19-aprel kuni 4-sinflar uchun belgilangan manzillarda oʻtkaziladi. 

Ruxsatnomani mazkur havola orqali (https://ijodyoshlari.piima.uz/ruxsatnoma) yuklab olish mumkin.

Ruxsatnomada test sinovlari oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi.

 Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart!

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi test shaklida o‘tkaziladi.

O‘quvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi berilgan ma’lumotni tahlil qila olishi, akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test beriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

➖oddiy darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan jami, 10 ball;
➖o‘rta darajadagi 10 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 balldan, jami 25 ball;
➖murakkab darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3 balldan, jami 15 ball, umumiy 50 ball beriladi.

 Test topshiriqlarini bajarish uchun har bir savolga 2 daqiqadan, jami 40 daqiqa vaqt ajratiladi. 

Oʻquvchilarning test natijalari teng kelib qolgan taqdirda savollar darajasi inobatga olinadi. Murakkab darajadagi savollarni topgan o‘quvchilarga ustunlik beriladi.

Test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar o'quvchi keyingi bosqichda ishtirok etadi.