IJODIY OLIMPIADA GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Ijod maktablari o‘quvchilari  o‘rtasidagi Ijodiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra: 
8- sinflar o’rtasida

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Munisa Hamidova 1-o‘rinni; Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Jasmina Abduolimova 2-o‘rinni; 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Odinaxon 
Nishonova 3-o‘rinni; 

9- sinflar o‘rtasida 

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Nigina
Rustamboyeva 1-o‘rinni; 

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Nurdana
Bisenbaeva  2-o‘rinni; 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Muhsina Abdullayeva 3-o‘rinni egalladi. 
 
Agentlik tomonidan "Ijodiy" olimpiada g‘olib va sovrindorlari noutbuk va planshet bilan taqdirlandi.