Ikkinchi jahon urushi qаtnаshchilаrigа!

 

Men urushni koʼrmadim, ammo,
Uni bobom yuzida koʼrdim.
Va koʼzlari ichiga choʼkkan,
Yetimlarning koʼzida koʼrdim.

Maydonlarda qon toʼkdi kimdir,
Qon yigʼladi uyda nechasi.
Jangga kirgan yigit onasin
Tushlariga kirar kechasi.

Dod demaslik mumkinmi axir?
Dildan faryod toʼfoni kelar.
Sizni millat chiqarmas esdan,
Mina ezib "ketgan" akalar.

Jon keladi boʼgʼzimga manim,
Insoniyat taqdiri shumi?
Yoʼq, mahbuslar nemisning emas,
Ular zolim zamin mahkumi?

Nechalari yotar toʼldirib,
Bevaqt ketib yerning bagʼrini.
Va ularning uvoli tutsin
Olmoniya fashistlarini.

Balki bitmas yaralar hali,
Balki yodi qiynaydi butkul.
Ulugʼ vatan fidoyilari – 
Oʼz bogʼida soʼlolmagan gul.

Sizlar sabab gʼururni tuydim,
Bugun xalqning osuda tuni.
Va hech qachon boʼlmasdi sizsiz,
Bu diyorda "gʼalaba kuni".

Ey chimildiq koʼrmagan oʼgʼlon –
Farzandsizlik dogʼida qolgan.
Joyingda tinch yotaver sendan,
TINChLIK degan zurriyot qolgan.

Men urushni koʼrmadim, ammo
Uni bobom yuzida koʼrdim...

Erkin Vohidov ijod maktabi 10 sinf oʼquvchisi Qoʼziboev
Hojimurod