#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi, Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institut direktori Xolboy Ibraimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari, hududdagi umumta’lim maktablari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Muloqotda mamlakatimizda ta’lim islohotlarining mazmun-mohiyati, yosh avlodni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashning ustuvor vazifalari, pedagogik tadqiqotlarning amaliy ahamiyati haqida soʻz bordi.
Akademik Ibraimov oʻzining boy tajribasi va ilmiy qarashlarini oʻrtoqlashar ekan, zamonaviy ta’lim tamoyillari, fan va innovatsiyalarni integratsiya qilish masalalariga alohida toʻxtaldi.
Maʼlumot oʻrnida, akademik X.Ibraimov 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ziyod ilmiy maqola muallifi. Oliy ta’lim tizimida koʻp yillik rahbarlik tajribasiga ega.