Bugun, 5-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik mas’ullari, nufuzli oliy taʼlim muassasalari olimlari, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi oʻqituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etdi.
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev yigʻilishni ochib berdi.
– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi, – dedi agentlik direktori. – Mazkur vazifalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Agentligimizda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yigʻilishda Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 5-6-sinflar uchun Matematika, 6-sinflar uchun Informatika, 7-sinflar uchun Fizika, 8-sinflar uchun Ona tili, 9-sinflar uchun Biologiya fanidan Kembrij darsliklarining mahalliylashtirish jarayonlari muhokama etildi.
Muhokama jarayonida kengash yigʻilishi kun tartibida belgilangan 9 ta fan darsliklarining tuzuvchi-mualliflari tomonidan taqdimoti oʻtkazildi.
Yigʻilish soʻngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklar taqdimotiga asosan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qaror qabul qilindi.