Isʼhoqjon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi maxsus o‘quv mashg‘ulot klubida bo‘lishdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqjon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi maxsus o‘quv mashg‘ulot klubida bo‘lishdi. 

O‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muhabbat, sodiqlik hamda harbiy sohalarga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Namangan viloyati "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasida tashkil etilgan virtual mashg‘ulot xonalari bilan tanishishdi.

Tashkil etilgan maxsus o‘quv mashg‘ulotlar klubida Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi  xodimlari tomonidan o‘quvchilarga  maxsus virtual o‘quv jihozlari xaqida tushunchalar berildi hamda yoshlar virtual mashqlarni amalda bajarishdi. Milliy gvardiya  tashkil etgan bu kabi mashg‘ulotlar doimiy o‘tkazilishi rejalashtirilgan.