Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga!

Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 1-20 iyul kunlari portal.piima.uz  sayti orqali  topshiriladi.

Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
▶ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga 
▶ Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga 
▶ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabiga esa  5-sinf hamda 10- sinfga o'quvchilar qabul qiladi.

Hujjatlar:
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.