Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari onlayn va oflayn shaklda bo’lib o’tmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. 

Sinovlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.