Janubiy Koreyaning Mavon o‘rta maktabi direktori Toshkent shahridagi Prezident maktabida

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Koreyaning Mavon o‘rta maktabi (Maewon Middle School) direktori va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Toshkent Koreya ta’lim markazi xodimlari kelishdi. Maktablar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Mehmonlarga maktabdagi ta’lim jarayonlari, o‘quvchi va xodimlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. Koreys milliy musiqasi va raqs ijrosi namoyish etildi. 

Ikki taraflama istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokamalar o’tkazilib, fikrlar almashildi. Kelgusida ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish hamda o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.