“Kosmik texnologiyalar” kafedrasining ilmiy xodimi Agentlik mehmoni

Berlin texnik universitetining Aviatsiya va kosmonavtika instituti “Kosmik texnologiyalar” kafedrasining ilmiy xodimi, “Coursento” taʼlim kompaniyasining taʼsischisi Dmitriy Gennadyevich hamda Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi xodimlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi jahon taʼlim xizmatlari bozorida malaka oshirish kurslari boʻyicha koʻproq maʼlumotga ega boʻlish edi.

Xususan Germaniyaning Berlin texnik universitetida astronomiya va fizika oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari, oʻquv jarayoniga oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy qilish, masofaviy taʼlim hamda Agentlik tasarrufidagi maktab oʻquvchilariga Germaniyada qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish imkoniyatlari toʻgʻrisida taqdimot qilindi. Tomonlar kelajakda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida kelishib olishdi.