Kuni kecha Agentlikda (PIIMA) “SixCloud taʼlim dasturidan foydalanish qoʻllanmasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi

Kuni kecha Agentlikda (PIIMA) “SixCloud taʼlim dasturidan foydalanish qoʻllanmasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi

 “SixClouds Pte Ltd Singapore” kompaniyasi vakili Mr. Benson seminar ishtirokchilariga dasturga kirish va undan foydalanish usullari boʻyicha taqdimot qildi. Qoʻshimcha mashgʻulotlar sifatida tashkil qilingan ushbu platforma sodda va qiziqarli shaklda tuzilgan. Dastur 5-8-sinf oʻquvchilariga interaktiv shaklda mantiqiy fikrlash, muammoli masalalarni hal qilish va ingliz tili fanlari boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Dasturning o‘ziga xosligi shundaki, onlayn darslar animatsion shaklda Singapurning matematika fanini oʻzlashtirish metodologiyasiga asoslanib tuzilgan. Ingliz tili darsliklari esa tilning grammatik farqlari bilan birga, oʻquvchilarga chet tilini kundalik hayotda to‘g‘ri va mohirona qoʻllash usullarini oʻrgatadi.

Dasturda jamlangan darsliklar Singapur Taʼlim vazirligining katta tajribaga ega, oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va SixClouds Mathematics dasturi taʼlim platformalarini raqamlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Eslatma: Joriy yilning 5-mart kuni taʼlim tizimida istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi ko‘magida Agentlik va “SixClouds Pte Ltd Singapore” kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjat doirasida kompaniya ingliz tili va matematika fanlari boʻyicha raqamli oʻquv metodika va dasturini begʻaraz taqdim qilgan. Bu dasturlar Agentlik maktablarining laboratoriyalarida 5-8- sinf oʻquvchilari uchun ingliz tili va matematikadan qoʻshimcha mashgʻulotlarni tashkil qilishda qoʻllaniladi.