"Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

#prezident_maktabi 
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Sevara Pulatova AQSH Davlat  Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

⏰ Ushbu dasturda 36 ta davlatdan 126 nafar qizlar tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturga qatnashish uchun AQSh davlatiga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✨ O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!