Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbek va turk xalqlari azaldan doimo inoq, og‘ir kunlarda bir-biriga suyanch bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib ikki davlatning o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada rivojlanib bormoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning ayrim hududlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yerlik aholi katta jabr ko‘rdi. Davlatimiz rahbari fojea ro‘y bergan kuni qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizdagi tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus qutqaruvchilar zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Turkiya davlatiga yuborildi. Ayni damda fojea hududiga yurtimizdan turli gumanitar yordamlar doimiy ravishda yuborilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi hamda o‘z hamdarligini bildirdi. Tabiiy ofat natijasida halok bo‘lgan insonlar xotirasini yod etib, jarohatlangan insonlarning tezda sog‘ayib ketishini tiladi.