MAKTABLAR FAOLIYATI JOYIGA BORIB O‘RGANILMOQDA

#ishchi_guruh
#Jizzax

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.