Maʼnaviy - maʼrifiy ishlarni tashkil etishni o‘rganish maqsadida bugun Respublika ishchi guruhi aʼzolari Is’hoqxon Ibrat nomidagi maktab-internatiga tashrif buyurishdi.
O‘quvchilar bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari D. Kenjayev maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.