Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo‘lib, u yerdagi olib ishlar, o'quv jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohaza va takliflarini eshitdi.
Hozirda ijod maktabida yo'lga qo'yilgan adabiyot, san'at, jurnalistika, notiqlik, tarjimonlik, aktyorlik, IT yo‘nalishi, zargarlik, chevarchilik va pazandachilik kabi o‘ndan ortiq to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi.