“MEN O‘ZBEKMAN” MAVZUSIDA IJTIMOIY ROLIKLAR TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Prezident taʼlim muassasasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarining o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida "Men O‘zbekman" mavzusida ijtimoiy roliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tanlovdan maqsad yoshlar tomonidan yaratilgan ijtimoiy roliklar bilan tanishish va qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularda Vatanga sadoqat, mehr-muhabbat, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyidan faxrlanish va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirish, yoshlarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, ajdodlardan qolgan boy maʼnaviy merosni asrash va ulardan o‘rnak olish, jahon internet tarmog‘ida O‘zbekiston va o‘zbek xalqi milliy qadriyatlariga oid kontentni ko‘paytirish va targ‘ibot qilishdir. 

Tanlov 3 ta yo‘nalish: 

- “Eng yaxshi informatsion rolik” yo‘nalishi
- “Eng yaxshi ijtimoiy rolik” yo‘nalishi
- “Muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lgan rolik” yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. 

“Eng yaxshi informatsion rolik” yo‘nalishi

1-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva Ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Otabek Burxonovning Sirdaryo viloyatidagi qadimiy obidalar haqida maʼlumot beruvchi videoroligi;

2-o‘rin – Jizzax shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi Dovud Abduqodirovning O‘zbekistondagi 10 ta tarixiy obidalar haqida maʼlumot beruvchi videoroligi;

3-o‘rin – Xamid Olimjon nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi 10-sinf o‘quvchisi Kamola Komiljonovaning Jizzax viloyati tarixi va bugungi kuni haqidagi tayyorlagan videoroligi;

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” yo‘nalishi

1-o‘rin – Namangan shahridagi Prezident maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nodirabegim Qosimovaning yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida kuylagan qo‘shig‘i klipi;

2-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Muxlisa Ibroximova tayyorlagan videoroligi (kitob o‘qishga motivatsiya)     

3-o‘rin – Qarshi shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Qodirbek Ilxomov (onalarni ulug‘lash) haqidagi rolik; 

“Muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lgan rolik” yo‘nalishi

1-o‘rin – Halima Hudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Durdona Madaminovaning “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” nomli sheʼri

2-o‘rin – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 8-sinf o‘quvchisi Baxriddinov Javlonbek (yoshlarga yaratilgan sharoit va o‘zi erishgan yutuqlar haqida)

3-o‘rin – Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Moxichehra Qadamova o‘qigan sheʼri

Tanlovda g‘oyaning originalligi va dolzarbligi, mavzuga mosligi,  g‘oyaning yangiligi va antiqaligi, ijodiy ish baholanishi jarayonida musiqali fon, videoeffektlardan foydalanilganligi, tomoshabinda tuyg‘u va tasavvur uyg‘ota olishi, kreativlik (yangicha yondashuv), ishning uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi, badiiy va texnik darajasi, efirga uzatish imkoniyati ham hisobga olindi.