#Open_doors
#School_Mirzo_Uluģbek
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.
✅ Ochiq eshiklar kunida jamoatchilik faollari va kelajakda Mirzo Ulug'bek maktabida o'qishni davom etirmoqchi bo'lgan o'quvchilar hamda ularning ota-onalar ishtirok etishdi.
✅ Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabda zamonaviy tarzda jihozlangan sinf xonalari va o'quvchilar ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 200 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda.
✔️ Tadbir qatnashchilari maktab imkoniyatlari bilan tanishib, ilmga chanqoq o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar. Ochiq eshiklar kuni ham ota-onalar uchun, ham o'quvchilar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo'ldi.