Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Milliy gvardiya tomonidan "Kamon" sporti bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbir o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil qilindi. Buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Mirzo Bobur va Jaloliddin Manguberdilar kabi mard ajdodlarimizdan meros bo‘lgan kamondan otish an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish- bizning sharafli burchimizdir.
O'quvchilarimiz tadbir davomida o'zlarining kamondan o'q otish mahoratlarini sinab ko‘rdilar va mazkur sport turi bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Ma‘lumot o‘rnida aytish mumkin, kamondan otish XV asrda Shveytsariyada paydo bo‘lgan. Mazkur sportning hozirgi qoidalari XIX asr oxirida ishlab chiqilgan.