Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda Matematika institutining direktori, O‘zbekiston Resublikasi Qahramoni, Senator Shavkat Ayyubov, akademik A’zamov Abdulla va professor Nosir G‘anixo‘jayevlar qatnashishdi.

Uchrashuv doirasida tadbir ishtirokchilari maktabning matematika fani o'qituvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzahmedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirildi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari va kuy-qo'shiqlarga boy holda o'tdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Mirfozil Mirzaahmedov 58 yildan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib bormoqda. 

U “Xalqaro tadqiqotlar topshiriqlari to‘plami”, “Yozilgan darsliklarga  mos  o‘qituvchi kitobi-metodik qo‘llanma”, “Matematikadan 5-11-sinflar uchun darslik”, “4-11-sinflar uchun masalalar to‘plami”, “O‘quvchilarni matematik olimpiadaga tayyorlash o‘quv qo‘llanmasi” kabi  darslik va qo'llanmalarning muallifi hisoblanadi.