Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tanlov yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening qo‘shgan hissam” tanlovi yakuniga yetdi. 

Nizom talablariga muvofiq, joriy yilning 1- iyuliga qadar tizimdagi ta’lim muassasalaridan 1-bosqichda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar – 11 ta qo‘lda chizilgan rasm, 16 ta she’r va hikoya hamda 9 ta maqola Agentlikka tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun kelib tushdi va Hakamlar hay’atiga taqdim etilgan.

2-bosqich natijalariga ko‘ra, 

1-yo‘nalish - “O‘zbekiston yoshlar nigohida” nomli rasmlar (qo‘lda chizilgan) tanlovida: 

1-o‘rin – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini hamda xorijiy tillarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati 6-sinf o‘quvchisi Shabnam Egamovaning “30 yoshing muborak O‘zbekiston!” nomli kompozitsiyasi uchun;

2-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9-sinf o‘quvchisi Zilola Abdusoliyevaning kompozitsiyasi uchun; 

3-o‘rin – Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8-sinf o‘quvchisi Nurzodbek Sobitaliyevning kompozitsiyasi uchun, 

 2-yo‘nalish - “Istiqlolni kuylayman” nomli she’rlar va hikoyalar tanlovida:

1-o‘rin - Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini hamda xorijiy tillarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9-sinf o‘quvchisi Mushtariybonu Baxodirovaning “Oysara” nomli hikoyasi uchun;

2-o‘rin – Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Diyora Xatamovaning  “Bobom qurgan Vatan” hikoyasi uchun;

3-o‘rin – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Lochinbek Ismatillayevning “O‘zbekistonim” she’ri uchun,

3-yo‘nalish – “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzularidagi maqolalar tanlovida: 

1-o‘rin – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Bobomurod Sa’dullayevning “Vatan taraqqiyotiga mening qo‘shgan hissam” mavzusidagi badiiy-publitsistik maqolasi uchun;

2-o‘rin – Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Dildora Habibullayevaning “Ona yurtimning buyuk farzandlari” mavzusidagi  maqolasi uchun;

3-o‘rin – Xalima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi  Zamira Shermamatovaning “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzusidagi maqolasi uchun g‘olib bo‘lishdi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurt kelajagi va mamlakat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan ulkan zafarlarga daxldorlik xislatlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, xalqimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri, hayotga va mehnatga bo‘lgan munosabatining shakllanishida  jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlikni ta’minlash, ularni milliy g‘oyaga sodiq, har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan va yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasidagi sa’y-harakatlarning rasmlar va maqolalarda aks ettirilishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirishdan iborat etib belgilangan.