MUTAXASSISLARIMIZ SINGAPURDA MALAKA OSHIRMOQDA

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vakillari Singapur davlatida malaka oshirmoqda. 

 Agentlik va markaz mutaxassislaridan iborat delegatsiya Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursida ishtirok etmoqda. 

Ushbu trening Singapur tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari, sinov savollari tuzish, spetsifikatsiya jadvallarini ishlab chiqish hamda yuqori darajadagi tafakkurni baholash kabi dolzarb mavzularni qamrab oladi.