Namangan shahar Prezident maktabi tashabbusi bilan “Piima – onlayn oromgoh” loyihasi

Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari uchun Namangan shahar Prezident maktabi tashabbusi bilan “Piima – onlayn oromgoh” loyihasi doirasida sportning shaxmat yoʻnalishida oʻtkaziladigan onlayn shaxmat festival musobaqasi oʻtkazildi. Festival yosh isteʼdodlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari orasida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida tashkil etildi. Tanlovda iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, oʻquvchilarning isteʼdodini yana-da rivojlantirish, ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,sportning shaxmat yoʻnalishidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratib berishga alohida eʼtibor qaratildi. Musobaqa davomida oʻquvchilarga oʻzining bilim darajasiga obyektiv baho berish koʻnikmasini shakllantirishga harakat qilindi. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.Musobaqa shveysarcha sistemada 9-11 turdan iborat boʻldi. Oʻyin oxirigacha tomonlarga 3 minutdan vaqt va har bir yurish uchun 2 soniya vaqt qoʻshildi hamda xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE qoidalariga amal qilinib, qizlar oʻrtasida 24-avgust, oʻgʻil bolalar oʻrtasida 25- avgust kunlari lichess.org sayti orqali online boʻlib oʻtdi.Tadbirda hakamlar hayʼati sifatida Namangan shahar Prezident maktabi xodimlari,Namangan shaxmat federatsiyasi vakillari ishtirok etishdi va natijalar 26-avgust kuni eʼlon qilindi.

Qizlar oʻrtasida faxrli

I-oʻrinni Namangan viloyati IBRAT maktabi;

II-oʻrin Nukus Prezident maktabi;

III-oʻrin Xiva Prezident maktabi

Oʻgʻil bolalarlar oʻrtasida faxrli

I-oʻrin Xiva Prezident maktabi

II-oʻrin Toshkent Prezident maktabi

III-oʻrin Namangan Prezident maktablari egallashdi.

Tanlovda qatnashgan barcha faol yoshlar Namangan shahar Prezident maktabi tomonidan sertifikat va I, II, III darajali diplomlar bilan taqdirlandi.