Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Azimjon Oʻrinov 32- informatika boʻyicha jahon olimpiadasi (International Olympiad in Informatics, IOI)da Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi safiga 4 nafar aʼzo saralab olindi. Terma jamoa aʼzolari 2019-yil 19-noyabr oyida oʻtkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi informatika va axborot texnologiyalari olimpiadasida dastlabki 10 ta oʻrinni olgan oʻquvchilar orasidan saralab olindi.

Saralash onlayn tarzda maxsus platformada oʻtkazildi. Oʻquvchilarga 7 ta masalani 4 soat vaqt ichida yechishdi. Saralash natijasiga koʻra, Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Azimjon Oʻrinov Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylandi va IOI-2020 da ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

32-informatika boʻyicha jahon olimpiadasi joriy yilning 13-19-sentyabr kunlari Singapurda onlayn tarzda oʻtkaziladi. Ushbu olimpiadada 87 davlatdan ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Har bir davlat terma jamoasida 4 nafar ishtirokchi boʻladi.