Namangan shahridagi Prezident maktabida “Ona tilim - faxrim, g‘ururim” shiori ostida tadbir tashkil etildi

21-fevral -  Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan Namangan shahridagi Prezident maktabida Ona tilim - faxrim, gururim shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda o‘zbek tili bilan bir qatorda  xorijlik mutaxassislarning o‘z ona tillariga hurmat va sadoqatlari, ona vatanlariga cheksiz muhabbat va sog‘inch tuyg‘ulari  aks etgan dastur namoyish etildi.

Tadbir davomida O'zbekiston, Hindiston, Fillipin, Janubiy Afrika, Yangi Zenlandiya davlatlarining madaniyati, tabiati va tili haqida ko‘plab ma'lumotlar berildi hamda ko‘rgazmaviy chiqishlar namoyish qilindi.