Namangandagi Prezident maktabi oʻquvchilari Buyuk Britaniya universitetlariga oʻqishga qabul qilindi

Namangan shahridagi Prezident maktabining ikki nafar oʻquvchisi Buyuk Britaniya universitetlariga oʻqishga qabul qilindi.

Hozirda 11-sinfda tahsil olayotgan Jahongir Amirxamzayev Vestminster universitetiga, uning sinfdoshi Mironshoh Inomjonov esa Manchester Universiteti va Londondagi Saut-Bank Universitetiga qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jahongir Amirxamzayev Buyuk Britaniyaning Grinvich universitetiga oʻqishga qabul qilingan edi. Mironshoh Inomjonov oʻz oʻrnida Vestminster universiteti va Grinvich universitetida tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritgan edi.