Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahar 1-sonli ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi Suxrob Xalelov Navoiy viloyati Nurota tuman Sentob qishlog‘ida yashaydi.
Otasi Umar aka Sentob qishlog‘ida fermer xo‘jaligida ishchi, onasi Hurbibi opa – uy bekasi.
Suxrob bugunga qadar ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda:
1. AMS (Amerika xalqaro matematika olimpiadasi) da OLTIN medal (2020-y);
2. “Qo‘qon olimpiadasi” Respublika bosqichida BRONZA medal (2021-y);
3. Matematika fanidan Respublika fan olimpiadasi viloyat bosqichida 1-o‘rin (2021-y 9-sinflar o‘rtasida);
4. IMO (Xalqaro matematika olimpida) ning viloyat bosqichida 1-o‘rin (2021-y);
5. AIMO (Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi) Respublika bosqichida OLTIN medal (2021-y);
6. Matematika fanidan Respublika fan olimpiadasi viloyat bosqichida 1-o‘rin (2022-y 10-sinflar o‘rtasida);
7. IZHO 18 (Jautikov XVIII) xalqaro olimpiadasida matematika fanidan BRONZA medal (2022-y);
8. 2022-yil matematika fanidan Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘quvchimizning keyingi ishlari va faoliyatida ham omad tilaymiz!