✅ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchilari Shahzoda Niyozova hamda Mehrangiz Ahtamova Koreya Respublikasining KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
📶 Maʼlumot oʻrnida, S.Niyozova IELTSdan 8 ball hamda SATdan 1520 ball, M.Ahtamova IELTSdan 6 ball ko‘rsatkichlarini qoʻlga kiritgan.
💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!