INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI  FANI BO'YICHA YANGI TA'LIM DASTURI YARATILDI

Bugun, 9-noyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan  ta’lim dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari professor o‘qituvchilari, shuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari,  Respublika ta’lim markazi metodistlari va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Ma'lumot o'rnida, ta’lim dasturini ishlab chiqishda eng yaxshi milliy hamda xorijiy tajribalar, jumladan, Kembrijning IGSCE, A-Level, shuningdek, “NIS – Programme” (Nazarbaev intellektual maktablari), Common Core (AQSh) kabi xalqaro tan olingan dasturlar, International Baccalaureate, SAT kabi imthonlar, AQSh, Rossiya, Avstraliya, Belarus singari davlatlarning ta’lim dasturlari, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuni o‘rganildi.