Nukus shahridagi Prezident maktabi ishtirok etgan metodik-tur o'z natijasini berdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6-noyabrdagi «Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-6108-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2020 yilning 1-dekabrda Manzilli metodik xizmat koʼrsatish boʼyicha metodik-tur tartibi tasdiqlangan edi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2020 yilning 1-dekabr sanasidan boshlab, Qoraqalpogʼiston Respublikasidagi pedagog kadrlarning toifa koʼrsatkichi past va bitiruvchilarining oliy oʼquv yurtiga kirish koʼrsatkichi boʼyicha qizil toifali maktablarga manzilli metodik xizmat koʼrsatish boʼyicha metodik-tur tartibi joriy qilinib, yangi pedagogik va zamoanviy texnologiyalar asosida oʼqitish, chet el tajribalarini oʼrganish va ularning metodlarini qoʼllash boʼyicha tegishli ishlar amalga oshirilgan edi.

2020-2021 oʼquv yili davomida jami 9 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablariga Nukus shahridagi Prezident maktabining chet ellik tajribali oʼqituvchilari va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi fan metodistlari, “IT-markaz” tashkiloti, Rossiya davlatidan kelgan “Klass” loyihasi ishtirokchilari tomonidan manzilli metodik xizmat koʼrsatilib kelindi. 

Manzilli metodik xizmat koʼrsatilgan 9 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan,

oʼtgan oʼquv yilida birinchi toifali oʼqituvchilar 9 nafarni tashkil etgan boʼlsa,
joriy oʼquv yilida 41 (+32) nafarni tashkil etmoqda.
Oliy toifali oʼqituvchilar esa 3 nafar boʼlgan boʼlsa,
yangi oʼquv yilida 6 (+3)nafarga yetdi.
Maktab bitiruvchilarining oliy oʼquv yurtiga oʼqishga kirish koʼrsatkichi boʼyicha 2020 yili 13 nafar boʼlgan boʼlsa,
2021 yili 75 nafarga yetgan.

Shuningdek, maktablarning reytingida ham bir qancha yuqori natijalarga koʼtarilishiga erishildi. Аyniqsa,

Qoʼngʼirot tumani 9-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi 2020 yili tumanda 30-oʼrinni, 2021 yili 15-oʼringa (+15),
Kegeyli tumani 39-sonli maktab 38-oʼrindan 12-oʼringa (+26),
Xoʼjayli tumani 26-sonli maktab 36-oʼrindan 8-oʼringa (+28),
Chimboy tumani 17-sonli maktab 43-oʼrindan 28-oʼringacha (+15) koʼtarilishga erishilgan. 

 Shuningdek, Qoraqalpogʼiston telekanali bilan hamkorlikda metodik-tur tartibi “Taʼlimda islohotlar” koʼrsatuvi orqali doimiy efirga uzatibi borildi.