Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchi 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) da g'olib bo'ldi

 

Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchi 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) da g'olib bo'ldi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining o'quvchisi Timur Qadirbergenov 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) da bronza medalni qo'lga kiritdi.

📆Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada 2022-yilning 30-iyun — 6-iyul kunlari Indoneziya davlati tashkilotchiligida o'tkazildi. Unda dunyoning 31 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Kichik yosh toifasida 78 jamoa, katta yosh toifasida 69 jamoa o'quvchilari o'zaro bellashishdi.

❗️O'quvchimizning keyingi ishlari va o'qishlarida omad tilaymiz!