Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tarixiy-madaniy obidalarga sayohat qilishdi

 

Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchilarining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida  tarixiy-madaniy obidalarga sayohat tashkillashtirildi. O'quvchilar Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Sulton Uvays tarixiy yodgorliklarining me'moriy qurilishi, tarixiy ahamiyati haqidagi darsliklarda olgan nazariy bilimlarini o’z ko’zlari bilan tomosha qilishib, shunday jahon sivilizatsiyasida o’z o’rniga ega ajdodlarning avlodi ekanligidan faxrlanishdi. Shuningdek, Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari I.I.Saviskiy nomidagi san'at muzeyida bo'ldi. «Sahro luvri» shuhratiga sabab bo'lgan avangard va boshqa uslubdagi san'at asarlari o'quvchilarda alohida ta'sir qoldirdi. 
Tarix va adabiyot darslarining integratsiyasi asosida tashkil qilingan bu dars o'quvchilar uchun zavqli va mazmunli bo'ldi.