Nukus shahridagi Prezident maktabida IGSSE "Treasure Hunt" ,"Xazina ovi" loyihasi

2021 yil 27 fevral kuni Nukus shahridagi Prezident maktabida 9-sinflar orasida IGSSE "Treasure Hunt" ,"Xazina ovi" loyihasi tashkillashtirildi. Bu loyiha asoschilari Bekmuratova Venera, Richard Mokete va Ruslan Tashimov. Bu loyihani maktab direktori Nursulu Baltabayeva boshchiligida olib borildi shuningdek, STEM yo‘nalishidagi fan o‘qituvchilari Mark Lester, Arzayim Qurbanova, Jaqsiliq Davletnazarovlar bilan birgalikda amalga oshirildi. Bu loyihaning maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida zukkolik va o‘ylab topish, ijodkorlikni rag‘batlantirish va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan birga muammolarni yechish, guruhda bir jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini orttirish, shuningdek, ularni hayotiy voqealarga moslashtirishdan iborat. Loyiha davomida o‘quvchilar birlashtirishi kerak bo‘lgan xazinaning uch qismini topguncha har xil savollarga javob berib, topshiriqlarni bajarishga harakat qildilar. Shu sababli o‘quvchilar bu loyihaga o‘zgacha qiziqish va zavq bilan qatnashdi.