NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA JOʻXORI GURTUK FESTIVALI TASHKIL ETILDI

NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA JOʻXORI GURTUK FESTIVALI TASHKIL ETILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabida 25-fevral –Joʻxori gurtuk (Júweri gúrtik) kunini nishonlash tashabbusi asosida “Júweri-fest” festivali boʻlib oʻtdi. 

Unda o'quvchilar oʻz ota-onalari va oʻqituvchilari bilan birgalikda joʻxori gurtuk xamirini tayyorlash va gurtuk tugish (xamirdan tangacha shaklini yasash) jarayonida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari tarafidan qiziqarli taqdimotlar, viktorinalar, musiqiy chiqishlar, milliy sport oʻyinlari va mahorat darslari ham tashkil etildi.

 “Júweri-fest”ning kulminatsion voqeasi sifatida tayyorlangan rekord darajadagi diametri 3,5x2,5 metr oʻlchamdagi “lagan”da suzilgan joʻxori gurtik taomi ajoyib bayram tuhfasi boʻldi.

Ushbu taomga 20ta kurka goʻshti, 35 kg joʻxori uni va 15kg bugʻdoy uni sarflandi.

Tadbirda bir guruh chet ellik sayyohlar, hamkor tashkilotlar, ota-onalar va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari mehmon bo'lishdi.