Nurafshon shahridagi Prezident maktabi yangi o'quvchilariga eshiklarini ochdi

Bugun, 16-noyabr kuni Prezidet ta'lim muassasalari agentligi tizimida yana bir yangi maktab - Nurafshon shahridagi Prezident maktabining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi. 

Agentlik rahbari Hilola Umarova bilimga chanqoq maktab o'quvchilarini yangi o'quv yili bilan tabrikladi:

- Umid qilamanki, Prezident maktablari bitiruvchilari  vatanimiz kelajagi uchun eng kerakli kadr bo'lib yetishishadi. 

Tadbirda , shuningdek Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov, O’zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o'quvchilarni yangi o'quv yili va  erishgan yutuqlari bilan tabriklashdi.