#rekord
#SAT_result
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Manzilbek Karlibayev 1590 ballik (super score 1590) natija bilan SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
❗️Manzilbek IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritgan. (https://t.me/piimauz/17582)
💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!