#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mohira Diniqulova Bilim va malakalarni baholash agentligining oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, matematika, ingliz tili umumtaʼlim fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga ega boʻlib, jami 189 ball toʻpladi.
Endilikda oʻquvchimiz kirish imtihonlarisiz oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha oliygohda taʼlim olish imkoniyatiga ega.
Yozuvchilar uyushmasining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida M.Diniqulovaning "Yurakka maktub" nomli ilk kitobi ham chop etilgan (https://t.me/piimauz/20046).
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!