O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🥇Ozod Axtamov – oltin medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o’quvchisi;

🥈Elbek Zohidjonov – kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchisi.

🥉Madina Suyunova – bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta'lim maktabining 11-sinf o’quvchisi;

🥉Asadbek Boboqulov – bronza medal Toshkent shahar,  S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o’quvchisi.