Ochiq muloqot 2021-2022-o‘quv yilida Prezident maktablariga qabul yuzasidan muhim masalalarga bag‘ishlandi

Bugungi hamkorlikda tashkil etilgan ochiq muloqot 2021-2022-o‘quv yilida Prezident maktablariga qabul yuzasidan muhim masalalarga bag‘ishlandi.

Onlayn muloqotni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi:  
- Bu yil respublikamizdagi barcha viloyatlarda Prezident maktablariga qabul boʻladi. Bu katta masʼuliyat, ayniqsa, har bir maktab direktori bu borada ishga jiddiy qarashi lozim.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova qabul tartiblari haqida gapirib, ota-onalarga  yuklatilgan mas'uliyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi:
- Jarayonni toʻgʻri tashkil etish uchun ota-onalar ham birdek masʼul. Ayniqsa, qabul uchun ular oʻzlarining ishlaydigan telefon raqamlarini kiritishlari lozim. Shunda oʻquvchi natijasi haqida yuboriladigan sms ma’lumotdan ota-onalar bexabar qolishmaydi.

So‘ng Agentlik direktori oʻrinbosari Amirulla Abdullayev tomonidan Prezident maktablariga hujjat topshirish bilan bogʻliq talablar toʻgʻrisida taqdimot namoyish etildi.