"Ogahiy izdoshlari" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilarining ijod namunalari to‘plangan "Ogahiy izdoshlari" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, viloyat Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Nurmetov, Yoshlar ishlari agentligi Xiva shahar bo‘limi rahbari Quvondiq Hakimovlar ishtirok etishdi. 

Yig‘ilganlar kitob mualliflarining keyingi faoliyatlarida ham omad tilashdi.  

❗️Ma’lumot o‘rnida mazkur kitob Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 2 ming nusxada chop etilgan.