“Ogahiyning betakror olami” nomli tanlov gʻoliblari aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tizimida Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus ijrosini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Xususan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yanada rivojlantirish, ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ilmiy tadqiqot, nazm, nasr hamda AKT sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasida “Ogahiyning betakror olami” nomli tanlov tashkil etildi.

Tanlov Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi tashabbusi bilan https://moodle.piima.uz/ saytida tashkil etildi.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkazildi:

1. “Ogahiy asarlari bilimdoni” (Oʻquvchilarning oʻqituvchi rahbarligi ostida tayyorlagan ilk ilmiy ishi)

2. “Ogahiy sheʼrlarining mohir ijrochisi” (Ogahiy sheʼrlaridan ifodali oʻqib, videorolik tayyorlash)

3. “Soʻz va sanʼat” (Ogahiy ijodida tabiat tasviri boʻyicha rasmlar tanlovi)

Tanlovda jami 202 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Jumladan, birinchi yoʻnalish boʻyicha 44, ikkinchi yoʻnalish boʻyicha 103, uchinchi yoʻnalish boʻyicha 55 nafar oʻquvchi oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Tanlov natijasiga koʻra quyidagi oʻquvchilar gʻolib deb topildi.

 

1-yo‘nalish: “Ogahiy asarlari bilimdoni”

O‘quvchining ismi va familiyasi

Maktab

Ball

Egallagan o‘rni

1.

Umida Bekberganova

Ogahiy ijod maktabi

97

I

2.

Diyora Xatamova

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi

96

II

3.

Saodat Yaqubova

Ogahiy ijod maktabi

96

II

4.

Shahnozabonu Ahmadullayeva

Muhammad Yusuf

ijod maktabi

93

III

5.

Nurjahon Dehqonova

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi

93

III

6.

Sarvinoz Hakimova

Ogahiy ijod maktabi

93

III

7.

Mushtariybonu Bahodirova

Ogahiy ijod maktabi

93

III

 

2-yo‘nalish: “Ogahiy she’rlarining mohir ijrochisi”

O‘quvchining ismi va familiyasi

Maktab

Ball

Egallagan o‘rni

1.

Gulmira Ravshanbekova

Ogahiy ijod maktabi

98

I

2.

Muxlisa Xamidjonova

Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

96

II

3.

Ziyoda Saparboyeva

Ogahiy ijod maktabi

96

II

4.

Mirjalol Rahmonberganov

Ogahiy ijod maktabi

96

II

5.

Aynura Alimjanova

Ibroyim Yusupov

ijod maktabi

95

III

6.

Amirullo Ismoilov

Erkin Vohidov

ijod maktabi

95

III

7.

Zarnigor Ro‘zimatova

Ogahiy ijod maktabi

95

III

 

3-yo‘nalish:“So‘z va san’at”

O‘quvchining ismi va familiyasi

Maktab

Ball

Egallagan o‘rni

1.

Hosila Ozodova

Ogahiy ijod maktabi

92

I

2.

Aysanem Barliqbayeva

Ibroyim Yusupov

ijod maktabi

90

II

3.

Sarvara Karimova

Ogahiy ijod maktabi

90

II

4.

Aynura Kenesbayeva

Ibroyim Yusupov

ijod maktabi

85

III

5.

Shabnam Egamova

Ogahiy ijod maktabi

85

III

6.

Xudoyor Botirov

Ogahiy ijod maktabi

85

III

Ogahiy ijod maktabi tomonidan tanlovda ishtirok еtgan o‘quvchilar sertifikat, g‘oliblar diplom bilan taqdirlanadilar.