O‘zbekiston xalq shoirasi tavalludining 74 yilligi nishonlandi

O'zbekiston xalq shoirasi, o'zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 74 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida o'tkazilgan adabiy-badiy xotira kechasi ko'tarinki ruhda nishonlandi.

Mazkur tadbir Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi hovlisiga o'rnatilgan shoiraning haykali poyiga guldastalar qo'yish marosimi bilan boshlandi. So'ngra maktab binosida barpo etilgan muzey bilan tanishishildi. 

Ishtirokchilar muzeyning tashkil etilish tarixi bilan tanishib, shoiraning hayoti va ijodiga oid ko‘rgazmalarni tomosha qilishdi.

Shoirlar va maktab o‘quvchilari Halima Xudoyberdieva qalamiga mansub ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Shuningdek, shoiraning oila aʼzolari va yaqinlariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.