PIIMA tizimida mamlakatimizning mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtmoqda

 

Oʻzbekiston Respublikami mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) oʻz tizimidagi oʻquv muassasalari oʻquvchilari uchun “PIIMA – onlayn oromgoh” loyihasi doirasida musiqa, raqs, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishida oʻtkaziladigan onlayn ijodiy festivalini oʻtkazilmoqda.

Festival iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yana-da rivojlantirish, ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha qobiliyatlarini namoyon qilishlariga sharoit yaratib berishga qaratilgan.

Tashkil etilayotgan festival joriy yilning 17-avgustidan 30-avgustiga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Festival toʻrt yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilmoqda:

a) “I” guruhi: Xalq cholgʻulari, fortepiano, torli, puflab, urib (zarbli) chalinadigan, shovqinli cholgʻular (uy roʻzgʻor buyumlari);

b) “II” guruhi:Bolalar qoʻshiqlari ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;

v) “III” guruhi: Raqs - milliy, ball hamda zamonaviy raqslar;

g) “IV” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga -, kulolchilik, zardoʻzlik, gilamchilik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoq tikish, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi va mayda duradgorchilik kiradi.

Loyiha doirasida oʻquvchilar toʻrt yoʻnalishda videolavhalar tayyorlashlari kerak boʻladi va oʻz mahsulotlarini “PIIMA onlayn oromgoh”platformasi orqali tashkilotchilarga yuborishlari zarur boʻladi.

Festivalda ishtirok etgan oʻquvchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanadilar.

“Agentlik tizimida Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur festival ham yoshlarimizni sanʼatga oshno etishga qaratilgan. Umid qilamanki, oʻquvchilarimiz festivalda faol ishtirok etadilar va oʻzlarining iqtidorlarini koʻrsatadilar”, - dedi Agentlikning oʻquvchilarni maʼnaviyat va maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qoʻllab quvvatlash boʻlimining xodimi D.Isakova.