PIIMAda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida (PIIMA) yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Agentlik direktori buyrugʻi bilan Said Ashirov iqtidorli yoshlarni tanlab olish shoʻbasi mudiri etib tayinlandi. Avval u agentlikda ijod maktablari bilan ishlash boʻlimi rahbarining o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Prezident maktablari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Saidazim Shavkatov agentlik direktori yordamchisi etib tayinlandi.