Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi ogohlantiradi!

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Prezident maktablariga oʻquvchilarni tayyorlash boʻyicha PRESIDENT SCHOOLS (BLOG) tomonidan “23-fevral kuni Respublika boʻylab Prezident maktablari imtihoniga tayyorgarlik repetitsion testlar boʻlib oʻtadi” deb nomlangan eʼloniga quyidagicha izoh bildiradi:

PRESIDENT SCHOOLS (BLOG), Next Step Up School kompaniyasi yoki “Prezident maktablari uchun tayyorlov kurslari” deb eʼlon berayotgan boshqa oʻquv kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq. Shuningdek, eʼlonda koʻrsatilgan yangi oʻquv yili uchun hujjat qabul qilish sanalari notoʻgʻri koʻrsatilgan!

Albatta bu kabi tayyorlov kurslari farzandingiz uchun balki foydadan holi emasdir…

Biroq, hurmatli ota-onalar, sizlarga shuni maʼlum qilamizki, Prezident maktablariga kirish uchun rasman hech qanday tayyorlov kurslari mavjud emas!

Taʼkidlash joizki, ayni paytda Agentlik hamda Cambridge Assessment tashkiloti 2020-2021 oʻquv yili uchun Prezident maktablariga oʻqishga kirish imtihonlarini oʻtkazish va iqtidorli oʻgʻil-qizlarni tanlash mezonlari ustida ish olib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablarining rasmiy sahifalari:

Telegram: https://t.me/prezident_maktablar

Facebook: https://www.facebook.com/prezident.maktablar

Web page: www.pm.piima.uz

Ushbu sahifalarda Prezident maktablariga oid barcha rasmiy maʼlumotlar ochiq va tezkorlik bilan berib boriladi.