Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabida

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabida 

olib borilayotgan kapital ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.

Ta'mirlash va jihozlash ishlari bo'yicha quruvchilarga taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Toshkent shahrida 2018-yilda tashkil etilgan ushbu maktabning hozirda foydalanilayotgan binosida bugungi kunda kapital rekonstruktsiya va qurilish ishlari olib borilmoqda. Maktab o'quv binosi blokida ta'mirlash-rekonstruktsiya ishlarining 75 foizi yakunlangan, laboratoriyalar blokida esa bu yilgi o'quv yilining 4-choragidan boshlab kapital ta'mirlash ishlari boshlanadi.

Ma'lumot uchun, maktab-internatning umumiy quvvati 760 o'ringa mo'ljallangan, har bir sinfda 20 nafar o'quvchi bo'lib, ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi, ixtisoslashgan fanlarni bosqichma-bosqich ingliz tilida o'qitilishi rejalashtirilgan.