#sinov_imtihonlari
🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining bitiruvchilari oʻrtasida joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonlari oʻtkazilmoqda.
📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi (https://t.me/piimauz/14167).
📆 Mazkur sinov imtihonlari 11-16-mart kunlari boʻlib oʻtadi.