#Farmon_ijrosi_amalda
#STEM_trening
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni (https://lex.uz/docs/-6862220) ijrosi doirasida Agentlik tomonidan Kembrij xalqaro taʼlim dasturi boʻyicha bilim va tajribalarni ommalashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Xususan, Agentlikning Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan seminar-treningda taʼlim maskani oʻquv jamoasi ayni yoʻnalishdagi bilim va tajribalarini hududdagi ixtisoslashtirilgan hamda umumtaʼlim maktablarining STEM fanlari oʻqituvchilari bilan oʻrtoqlashdi.
Mazkur treninglardan asosiy maqsad, pedagoglarning zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlovchi, aniq va tabiiy, axborot texnologiyalari, robototexnika va boshqa yoʻnalishlarda dunyodagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni kamolga yetkazish, oʻquvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, yangi baholash mezoni borasidagi bilim-malakalarini mustahkamlab borishdir.