PREZIDENT MAKTABLARI O'QUVCHILARI A-LEVEL IMTIHONLARIDA ENG YUQORI NATIJALARNI QO'LGA KIRITISHDI!

Joriy yilning may-iyun oylarida bo'lib o'tgan A-level imtihonlarining natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, Prezident maktablari o'quvchilari juda yuqori ko'rsatkich qayd etishdi.

Xususan:
▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida kimyo fanidan 100%,
▶️ Toshkent shahridagi Prezident maktabida matematika fanidan 96%, biologiya fanidan 94%,
▶️Nukus shahridagi Prezident maktabida esa matematika va fizika fanlaridan 87 foizlik sifat ko'rsatkichi qayd etildi. 
______________
Abdul Hameed, Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi:

- Buyuk Britaniyada o‘quvchilar A-level dasturi asosida 13 yil ta’lim oladilar. Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilari esa 2-3 yil ichida A* darajasini qo‘lga kiritishdi.